BMT: Janubiy Sudan armiyasi 114 tinch fuqaroni o‘ldirdi

BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Janubiy Sudanda harbiylar tomonidan tinch fuqarolarning o‘ldirilishi bilan bog‘liq 114 holat kuzatilganini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: AFP

Foto: AFP

Boshqarma 2016-yili Yey shahri atrofida inson huquqlarining buzilishiga bag‘ishlangan hisobot chiqardi. Unda ta’kidlanishicha, hisobot davrida hukumat tarafdori bo‘lgan kuchlar 114 tinch fuqaroning umriga zomin bo‘lgan.

Muxolifat kuchlari faol bo‘lgan hududlarga kirish hozircha imkonsiz bo‘lganidan u yerda inson huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq ahvol qay darajadaligi hozircha ma’lum emas.

2011-yili Sudandan ajralib chiqqan Janubiy Sudan 2013-yildan buyon fuqarolik urushi holatidadir. Prezident Salva Kiir boshchiligida hokimiyat tepasida turgan dinka qabilasi vakillari muxolifatga qarshi olib borayotgan urush oqibatida 2 milliondan ortiq odam majburiy ko‘chgan shaxslarga aylandi. 2015-yili sulh tuzilgan edi, ammo oradan bir yil o‘tib, ixtilof yana avj oldi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing