Xitoyning Veyfan shahrida (Shandun provinsiyasi) qurilgan unikal tomosha charxpalagi konstruksiyasida kegaylar — maxsus tutib turuvchi simlar mavjud emas. Attraksion Baylang daryosidan o‘tuvchi ko‘prik ustida qurildi, deb xabar beradi Daily Mail.
Charxpalakning balandligi 145 metrni tashkil qildi, uni yaratishga 4,6 ming tonna po‘lat ishlatildi. Unda 38 kabina bo‘lib, har biri televizor va simsiz internet bilan ta’minlangan. Har bir kabinaga o‘n nafar odam sig‘adi.
Charxpalak iyun oyining boshida ishga tushirilishi kutilmoqda.
Izoh (0)