IShID terrorchilarining Suriyaning Xama viloyatidagi Aqorib qishlog‘iga uyushtirgan hujumi oqibatida 51 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq Suriya armiyasi hujumni qaytarganini bildirgan edi. SANA agentligi tinch aholi vakillari orasida 20 kishi hujum qurboni bo‘lganini xabar qilgan edi. Endilikda qurbonlar soni keskin oshgani ma’lum bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, yuzdan ortiq odam jarohatlangan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)