Amerika maxsus xizmatlari sobiq xodimi Edvard Snouden Gonkong migratsion hukumatining Shri-Lanka va filippinlik qochoqlar guruhiga boshpana berishni rad etish haqidagi qarorini tanqid qildi. Ular 2013-yilda Snoudenga boshpana bergan edi, deb yozadi “TASS”.
Snouden o‘zining videomurojaatida bu qarorni ochiqdan-ochiq adolatsizlik deb atadi.
“Ular duch kelgan holat himoya so‘rab murojaat qilgan kishilarning oshkora adolatsizligidir. Biz buning ortida kim turganligini bilmaymiz, biroq Gonkong hukumatida kimdir bu oilalarni zudlik bilan g‘oyib bo‘lishini istamoqda”, — deydi Snouden.
Gap ikki farzandga ega Shri-lankalik er-xotin va ushbu mamlakatning yana bir fuqarosi, filippinlik qochoq va uning to‘rt yoshli qizi haqida bormoqda. Ular 2013-yilda Snouden ushbu megapolisda yashiringanda ikki hafta davomida unga boshpana bergan.
Izoh (0)