Dunyo bo‘yicha aholi soniga nisbatan qotillik eng yuqori foiz Gondurasda qayd etildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi 100 ming aholiga 85,7 qotillik to‘g‘ri keladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Tashkilot hisobotida ma’lum qilinishicha, “reyting” ikkinchi o‘rnidan Salvador (100 ming kishiga 63,2 qotillik), uchinchi o‘rnidan Venesuela (51,7) joy oldi. Ro‘yxat o‘nligiga asosan Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari — Kolumbiya (48,8), Beliz (37,2), Gvatemala (36,2), Yamayka (35,2), Trinidad Tobago (32,8), Braziliya (30,5) va Dominikan Respublikasi (30,2) kirdi.
“Lotin Amerikasida qotillik darajasi dunyoning boshqa hududlariga qaraganda ancha yuqori. Dunyo aholisining atigi o‘n foizi yashasa-da, dunyo qotilligining to‘rtdan bir qismi Amerikada sodir bo‘ladi deb aytish mumkin”, — deyiladi hisobotda.
Izoh (0)