Fransiyaning sobiq prezidenti — Fransua Ollandning akasi mamlakat janubidagi Antib shahri shifoxonasida 64 yoshida olamdan o‘tdi. Mahalliy Nice Matin nashriga bu haqda telefon orqali sobiq prezidentning o‘zi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Akam bir necha oydan buyon kasal edi. Dushanba kuni kechki paytda u onkologik kasallikning og‘irlashishi tufayli Antibdagi shifoxonaga olib ketildi. Men bu yerga 48 soat muqaddam yetib keldim. U tungi soatlarda olamdan o‘tdi”, — ma’lum qildi Fransua Olland.
Filipp Olland jaz uslubida ishlovchi musiqachi bo‘lib, jamoatchilik e’tiboridan chetda hayot kechirar edi. Matbuotda uning birorta surati topilmadi. U 1970-yili Urban Sax guruhiga asos solgan. Bundan tashqari, sobiq prezidentning ma’lumotiga ko‘ra, uning akasi tasviriy san’atga qiziqqan.
Izoh (0)