Daimler konserni rahbari Diter Setshe A-Class’dagi Mercedes-Benz xetchbek suratini namoyish qildi. Suratda uning kamuflyaji to‘liq bekitilgan. Test-drayv davomida olingan suratni Setshe Linkedln ijtimoiy tarmog‘iga joyladi, deb yozadi “Motor”.

Foto: Motor

Foto: “Motor”

A-Class oilasining kelajakdagi ko‘rinishini aprelda Shanxaydagi motorshouda namoyish etilgan Concept A Sedan konsept-kariga qarab tasavvur qilish mumkin.

Hozirda model 150 va 211 ot kuchiga ega motorlar bilan chiqarilmoqda. Bundan tashqari, 381 ot kuchiga qadar kuchlanuvchi ikki litrli turbomotor bilan jihozlangan “o‘qlangan” modifikatsiyasi ham bor.