Jenevadagi savdolar davomida yurak shaklidagi 92 karatli oq brilliant shunday shakldagi qimmatbaho toshlar uchun rekord summa — 14,99 million dollarga sotildi. Bu haqda Christie’s auksion uyi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Eng yuqori rang toifasidagi oq shaffof tosh “Afsona” deb nomlangan.
U qachondir savdolarga qo‘yilgan shunday turdagi brilliantlar ichida eng yirigi. “Afsona” o‘rnatilgan marvarid shodasi Boehmer et Bassenge zargarlik uyi tomonidan tayyorlandi.
Savdolar oldidan ekspertlar brilliantni 14 milliondan 20 million dollargacha baholagandi.