Avstriya parlamenti mamlakatda paranjida yurishni taqiqladi. Shu yilning oktabridan boshlab jamoat joylarida yuzini butunlay yopib yurgan ayollarga 150 yevro jarima solinadi, deb xabar beradi The Independent.
Aytilishicha, ushbu qarorga mamlakat prezidenti Aleksandr Van der Bellen qarshi chiqmoqda.
“Har bir ayol qanday kiyinishni o‘zi hal qilish huquqiga ega”, — deb izoh berdi yangilikka mamlakat rahbari.
Mart oyining oxirida Avstriya rasmiylari jamoat joylarida niqob va paranjida yurishni butunlay taqiqlagan edi.
Izoh (0)