2016-yilning 15-iyulida Turkiyada bo‘lib o‘tgan harbiy to‘ntarishga aloqador ikki general Germaniya hududidan siyosiy boshpana so‘radi. Bu haqda, Bild gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, harbiylar Frankfurt-Mayn aeroportida 15-may kechki soatlarida boshpana so‘rab murojaat qilgan. Dastlabki tekshiruvlardan so‘ng ular Gisen shahridagi (Gessen federal yerida) qochqinlarni birlamchi qabul qilish markaziga olib kelingan.
Der Spiegel nashriga ko‘ra, Germaniyadan boshpana so‘rayotgan turkiyalik soni o‘sib bormoqda. Germaniyada bir necha turkiyalik harbiyga boshpana berilgani rasmiy Anqaraning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan edi.
Izoh (0)