Suriya qo‘shinlari va ko‘ngillilar otryadlari IShID jangarilarining Dayr az-Zavr shahriga uyushtirgan hujumini qaytardi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Jangarilar hukumat qo‘shinlariga harbiy aerodrom yaqinida, shuningdek, al-Makobir va Xay-Muvazzafin kvartallari yaqinida zarba bermoqchi bo‘ldi. Terrorchilar marralarni yorib o‘tish uchun minalashtirilgan zirhli mashinadan foydalanmoqchi bo‘ldi, ammo u qo‘shinlar tomonidan vaqtida yo‘q qilindi.
Otishma chog‘ida 28 terrorchi o‘ldirildi, 30 dan ortig‘i jarohatlandi.
Suriya harbiy-havo kuchlari yer usti qo‘shinlariga ko‘makka yetib kelib, as-Sadra shahri, al-Ma’mil sanoat zonasi va al-Jafra qishlog‘ida jangarilarga aviazarbalar berdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)