Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78
AdMe mashhur aktyorlarning tarjimayi holi bilan tanishib chiqib, o‘z rollarini yolg‘on ishlatib qo‘lgan kiritgan yulduzlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Jorj Kluni

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Jorj Kluni o‘z faoliyatini boshlash vaqtida muammoga duch keladi. Tajribasi yo‘qligi sabab unga hech kim rol taklif qilishni istamaydi. U qiyinchilik bilan bir kinoagent suhbatiga kiradi va bu safar ham rad javobini olmaslik uchun “Mushuk-odamlar” filmida suratga tushganman deya yolg‘on ishlatadi.

Yolg‘oni tezda fosh bo‘ladi. Biroq yosh aktyorning g‘ayrati agentga ta’sir qilib, u bilan shartnoma tuzishga rozilik bildiradi.

Vupi Goldberg

Foto: AdMe

Foto: AdMe
Vupi Goldberg ham o‘z faoliyatini boshlash davrida agentlar uni jiddiy rollarni o‘ynashga juda yosh, deya ko‘pincha unga rad javobini bergan. Shuning uchun Vupi o‘zining yoshiga yana 6 yosh qo‘shishga qaror qilgan. Yolg‘on foyda berdi va Goldberg Gollivuddagi eng talabgir aktrisalardan biriga aylandi.

Deniel Kreyg

Foto: AdMe

Foto: AdMe

“Kovboylar o‘zga sayyoraliklarga qarshi” filmining suratga olish ishlaridan oldin Kreyg hamkasblariga ot minishni yaxshi bilaman deya yolg‘on so‘zlab ularni ishontiradi. Biroq ish boshlangach aktyor oshirib yuborganini tan olishga majbur bo‘ladi.

“Ot ustiga chiqib olib yiqilib tushmalik uchun duo qilishdan boshqa ilojim qolmagan edi”, — deya eslaydi Kreyg suratga olish ishlaridan so‘ng.

Robert Pattinson

Foto: AdMe

Foto: AdMe
Britaniyalik aktyor Robert Pattinson hech qachon jiddiy aktyorlik bilimini olmagan bo‘lsa-da, Pattinson sinov vaqtida doim Qirollik drama san’ati akademiyasini yakunlagani borasida qasam ichgan. Bu ham ish bermagan paytda Oksfordda o‘qiganini ham aytib, yolg‘on so‘zlagan.

Reychel Makadams

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Reychel Makadams “Mo‘jizaga” filmida bosh rolni qo‘lga kiritishni shu darajada istaganidan u ham boshqa aktyorlar kabi ot minishni bilishi haqida yolg‘on ma’lumot bergan. Bu yolg‘on aktrisa uchun katta tavakkalchilik bo‘lgan, chunki unda otlarga nisbatan allergiya bor edi.

Suratga olish maydonchasida uning yolg‘oni fosh bo‘ladi, biroq rejissor aktrisani almashtirishni istamadi.

Xloya Greys Mores

Foto: AdMe

Foto: AdMe
Zamonaviy kinematografiya dahosi Martin Skorsezi “Vaqt soqchilari” filmidagi rolga ingliz aktrisasini qidirgan. Xloya esa amerikalik. U britancha talaffuzda gapirish uchun ancha shug‘ullanib, kastingga yo‘l oladi va deyarli oxiriga qadar yetib boradi. Tajribali rejissor qizaloq yolg‘on so‘zlaganini payqab qoladi. Biroq jahli chiqishi o‘rniga u qizaloqqa o‘z filmidagi bosh rollardan birini o‘ynash taklifini beradi.

Lora Freyzer

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Shotlandiyalik aktrisa Lora Freyzerning shov-shuvli Breaking Bad seriali kastingida ishtirok etishi ulkan muvaffaqiyat edi. Shuning uchun undan nemischani bilasizmi deb so‘rashganida, Lora hech o‘ylanmasdan “ha, bemalol” deya javob qaytargan.

Kasting tugagach u nemischada faqat “Ich heisse Laura” (“Mening ismim Laura”) deya olishi anglab yetgan. Shunga qaramay u ushbu rolni qo‘lga kiritdi va nemis tilini o‘rganishga kirishdi.

Morgan Friman

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Morgan Friman ko‘plab ajoyib rollarni ijro etganiga qaramay, ovozidagi noodatiy tembr sabab uni ko‘pincha rol o‘ynash uchun emas, kinoda ovoz berishga chaqirishgan. “Oblivion” filmida ham huddi shunday bo‘ldi. Friman ssenariyni o‘qigach, loyiha unga juda ma’qul bo‘lganidan shunchaki dublyajda ishtirok etibgina qolmay, bosh rollardan birini o‘ynash istagi tug‘iladi.

Rejissor va prodyuserlarga bor gapni aytish o‘rniga, Friman “tomog‘imda jiddiy muammo bor” deya yolg‘on so‘zlaydi. “Obvilion” filmi ijodkorlari aktyor loyihada ishtirok etishini qattiq istashganidan unga darhol filmda rol taklif qilishgan.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi