AQSh moliya vazirligi mamlakatda davom etayotgan harbiy mojaro tufayli Suriyaning 5 nafar jismoniy va shuncha yuridik shaxsini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Mazkur shaxslar va korxonalar Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlagan yoki xizmat ko‘rsatgan. Hukumat o‘z xalqiga nisbatan shafqatsizlikni davom ettirar ekan, Asadga yordam berganlarning moliyaviy jihatlarini nishonga olish davom etadi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Ro‘yxatga Bashar Asadning ikki amakivachchasi — Eyxab va Oyad Maxluflar kiritilgan. Eyxabning ro‘yxatdan joy olishi Suriya prezidentining yana bir qarindoshi — Rami Maxluf bilan bog‘liqligi, Oyad esa Suriya hukumatiga xalqaro sanksiyalarni chetlab o‘tishga ko‘mak bergani bildirilmoqda.
Shuningdek, ro‘yxatga Cham Islamic Bank, Suriya axborot texnologiyalari kompaniyasi (SCIT) kabi muassasalar ham kiritilgan.