Isroil qurilish vaziri, iste’fodagi general-mayor, Isroil armiyasi janubiy harbiy okrugining sobiq qo‘mondoni Yoav Galant Suriya prezidenti Bashar Asadni o‘ldirishga chaqirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Suriyada bugun shunaqa vaziyat shakllandiki, odamlar o‘ldirilmoqda, kimyoviy qurol qo‘llanmoqda, biz bilgan oxirgi narsa esa — marhumlarning tanalari yoqib yuborilmoqda. Biz bunaqa vaziyatni jahonda oxirgi 70 yil davomida ko‘rmagan edik”, — dedi u xavfsizlik bo‘yicha konferensiyadagi chiqishida.
Shundan so‘ng vazir ushbu jinoyatlarda asosiy aybdor sifatida ko‘rilayotgan mamlakat prezidentini o‘ldirish kerakligini ta’kidladi.
Isroil hukumati vazirning bu so‘zlariga izoh berishdan bosh tortdi.
Izoh (0)