Xitoy ikkinchi “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro iqtisodiy hamkorlik forumini 2019-yili o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda XXR raisi Si Szinpin Pekinda bo‘layotgan “Bir makon, bir yo‘l” forumi doirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Xitoy xalqaro hamkorlik bo‘yicha ‘Bir makon, bir yo‘l’ ikkinchi forumini 2019-yili o‘tkazadi”, — ma’lum qildi davlat rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 14–15-may kunlari Pekinda o‘tkazilgan forumda 29 mamlakat rahbari, shu jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Izoh (0)