Tojikistonning So‘g‘d viloyati Spitamen tumanida Tojikistondagi yagona o‘zbek teatri faoliyat ko‘rsatadi, deb yozadi Asia-Plus. Ammo u haqda internetdan hech qanday ma’lumot topib bo‘lmaydi. Shu tufayli nashr ushbu tumanga borib, teatr faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Foto: Asia-Plus

Foto: Asia-Plus

Shukur Burhonov nomidagi davlat o‘zbek drama teatri Spitamen tumanida faoliyat boshlaganiga 80 yildan oshdi. Bu yerda barcha spektakllar o‘zbek tilida qo‘yiladi, chunki tuman aholisining katta qismi — o‘zbeklar. O‘zbek teatri direktori Abduqodir Yahyoyev aytishicha, spektakllar ko‘pi bilan bir oyda ikki marta qo‘yiladi, va har safar zal tomoshabinga to‘la bo‘ladi.

Foto: Asia-Plus

Foto: Asia-Plus

Foto: Asia-Plus

Foto: Asia-Plus

Teatrda liboslarni o‘zlari tikishadi, spektakllar uchun rekvizitlarni ham o‘zlari qilishadi; aktyorlar nafaqaga chiqmoqda, yosh mutaxassislar esa teatrda anchadan buyon kamyob. Biroq o‘zbek teatri spektakllarida tomoshabinlar zalni to‘ldirib o‘tiradi, buning ustiga, ularning pyesalari ekstremizm va terrorizm kabi dolzarb jamoatchilik muammolarini qamrab oladi.

Foto: Asia-Plus

Foto: Asia-Plus

Foto: Asia-Plus

Foto: Asia-Plus

“Hozir teatrda yetti nafar aktyor qoldi. Ularning o‘rtacha yoshi — 60 yosh, biz yoshlar bilan ishlashga harakat qilyapmiz, hatto iste’dodli yoshlarni maxsus o‘qitishni ham boshladik, ammo ularning hammasi ham professional emas, havaskorlar”, — deya kadrlar bilan bog‘liq muammolardan gapirdi direktor.

Foto: Asia-Plus

Foto: Asia-Plus

Foto: Asia-Plus

Foto: Asia-Plus

Uning so‘zlariga ko‘ra, teatr har ikki yilda bir marta Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan “Parastu” teatr festivalida qatnashadi. Tojikiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Tamara Abdushukurova o‘zbek teatrining ushbu festivaldagi ishtirokini — tanlangan mavzu va aktyorlar ijrolarini maqtadi hamda Tojikiston uchun noyob bo‘lgan va o‘zbek tomoshabinlar uchun yagona bo‘lgan kollektivni saqlab qolishga chaqirdi.