“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi 2017-yil “Toshkent mexanika zavodi” AJ (sobiq TAPOiCh)ni modernizatsiya qilish uchun qariyb 15 milliard so‘mga teng mablag‘ yo‘naltiradi. Bu haqda “Nuz.uz” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ushbu mablag‘ davlat hisobidan 2014-yil (5,2 milliard so‘m) va 2015-yil (9,5 milliard so‘m) dividendlari hisoblanadi.
Yaqin yillarda mazkur zavodda yuk vagonlari – sement va mineral tashuvchilar, yarim vagonlar, shuningdek, yo‘lovchi vagonlari, muzlatgichli konteynerlar va seksiyalar, 40 va 20 futli konteynerlarni hamda turli ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Rejalarga muvofiq, 2017-yilda zavodda 6000 ta bolalar aravachasi, 2000 ta samokat va bolalar velosipedi ishlab chiqariladi.
Izoh (0)