O‘rta Chirchiq tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbir natijasida endigina bir necha kunlik bo‘lgan chaqaloq “oldi-sottisi”ning oldi olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘rta Chirchiq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘uruqxonada hamshira bo‘lib ishlovchi Gavhar Olimova (ism-shariflar shartli) shu tumanda yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan Gulruh Ochilova va uning onasi Mahbuba Ochilova bilan til biriktiradi.
Ular Gulruh Ochilovaning shu yil 12-aprel kuni tug‘ilgan qiz farzandini O‘rta Chirchiq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxona hovlisida 100 AQSh dollari va 900 000 so‘mga sotayotgan vaqtda ushlandi. Endi uchovlon qonun oldida javob beradi.