NATO mamlakatlari Chernogoriyaga ushbu ittifoqqa kirish imkonini beruvchi bayonnomani ratifikatsiya qildi. Bu haqda Chernogoriya hukumatining Twitter’dagi rasmiy sahifasiga tayanib, “Kommersant” xabar bermoqda.
Bayonnomaning Shimoliy alyansga a’zo 28 davlat tomonidan ratifikatsiya qilinishi 25-may kuni Bryusselda o‘tkaziladigan NATO sammiti Chernogoriya ishtirokida bo‘lib o‘tishini bildiradi.Sammitda Chernogoriyaning NATO a’zosiga aylanishi e’lon qilinadi.
Biroq Chernogoriya bosh vaziri Dushko Markovichning qayd etishicha, Podgoritsa 5-iyun kunigina NATOning rasmiy 29-a’zosiga aylanadi.
Ma’lumot o‘rnida, NATOga a’zo davlatlar Chernogoriyaning alyansga kirishi haqidagi bayonnomani 2016-yil 19-may kuni imzolagan edi. Chernogoriya parlamenti mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishi to‘g‘risidagi qonunni 28-aprel kuni qabul qildi.
Izoh (0)