WSB tasnifida o‘tayotgan boks musobaqasining chorak finalidan joy olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uning birinchisida Qozog‘istonning Astana Arlans klubi Rossiyada mehmon bo‘lib, Patriot Boxing Team ustidan 3:2 hisobida zafar quchdi. Tomonlarning Qozog‘istondagi javob janglari 20-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Astana Arlans va Patriot Boxing Team guruh bosqichida ham o‘zaro to‘qnash kelgan bo‘lib, har ikki bellashuvda ham qozog‘istonlik sportchilar zafar quchgandi: Rossiyada 3:2, Qozog‘istonda 4:1.
Ertaga — 13-may kuni Uzbek Tigers ham chorak finalda ko‘rinish beradi va Samarqand shahrida Cuba Domadores klubini sinovdan o‘tkazadi.