Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ilk bor Facebook Live doirasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar va javoblar efirini o‘tkazishga qaror qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Tadbir 15-mayda o‘tkaziladi hamda iTV telekanali efirida ko‘rsatiladi. Mey bilan savol-javoblarga 45 daqiqa ajratiladi.
Efirda boshqa siyosatchilar — Jeremi Korbin, Nikola Sterjen, Tim Farron, Pol Nattoll, Liann Vud va Kerolayn Lukaslar ham ishtirok etadi.
Izoh (0)