Suriya sharqida IShID terrorchilik guruhiga tegishli qurol omboridagi portlash oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, portlash 10-may kuni kechki payt Dayr-az-Zor shahrida sodir bo‘ldi. Voqeaning boshqa tafsilotlari haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)