O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) saytiga 4-may kuni qo‘yilgan “Qashqadaryoda sayyor qabul” sarlavhali material asosida 5-may kuni “Daryo” internet-nashrida “Prezidentga murojaat qilgach, qashqadaryolikning harbiy prokuratura tortib olgan yeri qaytarildi” sarlavhali xabar e’lon qilingan edi.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi 11-may kuni mazkur material yuzasidan tuzatish berdi.
O‘zAning tuzatishida ma’lum qilinishicha, O‘zA muxbirining aybi bilan Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro X.Hazratovning yeri Harbiy prokuratura tomonidan olib qo‘yilgan, deb noto‘g‘ri axborot berilgan.