Norvegiyada birinchi masofadan boshqariluvchi elektr kema qurildi. U keyingi yilda ilk bor sinovdan o‘tkazilishi mumkin, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Loyihaga homiylik qilgan Yara kompaniyasi saytida aytilishicha, mualliflar kema yiliga 40 mingtagacha yuk tashish safarlarini amalga oshirishini kutmoqda.
Dastavval kema Norvegiya janubidagi uch port orasida, 65 dengiz milyasi masofasida yurishi rejalashtirilmoqda.
“Dengiz transport kemasi har yili 100 konteynerni 12–15 uzel tezlikda olib o‘tishi mumkin. U elektr quvvatida ishlagani uchun motor shovqini sezilmaydi. Bundan tashqari, atmosfera karbonat angidrid tashlamalari yiliga 678 tonnaga qisqaradi”, — dedi Yara kompaniyasi ijrochi direktori Sven Tore Xolshefer.
Shu bilan birga, u kema 2019-yildan boshlabgina to‘laqonli ravishda masofadan boshqarilishi mumkinligini aytib o‘tdi.