Toshkentda qallob ayol abituriyentlarni o‘qishga kiritish bahona ularning pullarini o‘zlashtirdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan qallob ayol bir abituriyentdan 15 ming dollar oldi. Shuningdek, yana bir abituriyentdan Toshkent pediatriya tibbiyot institutini “va’da” qilgan holda 8 ming dollar oldi.
Ayol o‘zini Davlat test markazi xodimasi deb tanishtirgan edi. U 9-may kuni 12 ming dollar olish paytida ushlandi.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.