O‘zini Wheelie King deb ataydigan yaponiyalik mototsiklchi Masaru Abe mopedning orqa g‘ildiragida 500 kilometr masofani bosib o‘tib, 25 yillik rekordni yangiladi. Avvalgi rekord 330 kilometrga teng edi, deb yozadi “Motor”.
Abe mopedning orqa g‘ildiraginda 600 kilometr masofani bosib o‘tishni rejalashtirgandi, biroq 13 soatlik safardan keyin unda chidab bo‘lmas og‘riqlar paydo bo‘ldi.
Yaponiyalik rekordni Kawaguchi Auto Race avtodromida o‘rnatdi. 33 yoshli mototsiklchi hajmi 125 kub santimetrga teng mopeddan foydalandi. Safar vaqtida yoqilg‘i tugab qolmasligi uchun uning ruliga maxsus almashuvchi yoqilg‘igi konteyner o‘rnatilgandi.
Bir necha soatdan keyin Abening belida og‘riq paydo bo‘ldi, ammo u haydayotgan vaqtida og‘riq qoldiruvchi dorini qabul qildi. Sakkiz soat o‘tgach, yaponiyalik mototsiklchi avvalgi rekordni yangilab bo‘lgandi. Abe 13 soatdan keyin taslim bo‘ldi.
Hayotimdagi eng kuchli og‘riqni boshdan o‘tkazdim. Ikkala qo‘lim uvushib qoldi, ularni sezmay ham qoldim. Ko‘z oldim xiralashdi. Men qisman hushimda edim.Masaru Abe
Izoh (0)