Tan olinmagan Kosovo respublikasi prezidenti Hoshim Tachi parlamentni tarqatib yubordi. Bu haqda, RTK portaliga tayanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
11-may kuni u yangi saylov kunini belgilaydigan farmonni imzolaydi. Saylov 11 yoki 18-iyunda o‘tishi kutilmoqda.
10-may kuni Kosovo parlamenti hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumini qo‘llab-quvvatlagan edi. Ushbu tashabbus bilan “Kosovo uchun tashabbus” muxolif harakati chiqqan edi. Muxolifatning fikricha, hukumat mamlakatdagi muammolarni hal qila olmadi, bu esa siyosiy inqirozga olib keldi.
Izoh (0)