O‘zbekistonlik referi Baxtiyor Namozov Braziliya va Taiti termalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan sohil futboli bo‘yicha Jahon chempionatining final uchrashuvini boshqarib bordi. Bu O‘zbekiston tarixida birinchi bor kuzatildi, deb yozdi O‘FF matbuot xizmati.
27-aprel — 7-may kunlari Bagam orollarida sohil futboli bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Baxtiyor Namozov uning hal qiluvchi finalida ishladi. Unda Braziliya 6:0 hisobida Taiti ustidan g‘alaba qozonib, o‘z tarixida besh karra jahon chempioniga aylandi (xuddi katta futboldagi kabi).
Baxtiyor Namozov nafaqat o‘zbekistonlik hakamlar orasida, balki osiyolik qolgan referilar orasida ham tarixda ilk bor Jahon chempionatining finalida hakamlik qildi.
Men baxtliman. Ahir har bir hakam final bellashuvini boshqarishni orzu qiladi.Baxtiyor Namozov, futbol hakami
Mundialda 43 yoshli o‘zbekistonlik referi guruh bosqichining ikki uchrashuvida ishladi: Polsha — Braziliya 4:7 va Braziliya — Taiti 4:1. Bundan tashqari, chorak finalda bo‘lib o‘tgan Braziliya — Portugaliya o‘yinini ham boshqardi. Unda amerikalik futbolchilar 4:3 hisobida g‘olib chiqdi.
Baxtiyor Namozov Ummon va Yaponiya termalari o‘rtasidagi 2015-yilgi Osiyo chempionati finalini ham boshqargandi.
Izoh (0)