Afg‘oniston shimolida oxirgi sutka mobaynida “Tolibon”ning 40 jangarisi o‘ldirildi, 20 nafari yaralandi. To‘qnashuvlar Qunduz viloyatida 7-may kuni ro‘y berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Mahalliy politsiya rahbari Abdulhamid Hamidiyning bildirishicha, hukumat kuchlaridan to‘rt kishi halok bo‘lgan, 17 nafari jarohat olgan.
Ta’kidlanishicha, oxirgi oylarda sharqiy va janubiy Log‘ar, Nangarxar, Hilmand, shimoliy Qunduz, Juzjon va Parvon viloyatlarida ekstremistlarning pozitsiyalari mustahkamlanmoqda.
Izoh (0)