Toshkent mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi 4 ta oltin medalni qo‘lga kiritib ulgurdi.
Hal qiluvchi final jangiga qadar 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi yetib kelgan bo‘lib, ularning 4 nafari bugun — 6-may kuni jang o‘tkazdi.Janglar Murod Ahmadaliyevning g‘alabasi bilan boshlanib, Bektemir Meliqo‘ziyevning muvaffaqiyati bilan yakuniga yetdi.
Mazkur bokschilar yarim finalga yetib kelganidayoq Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptasini hal qilib qo‘ygandi. Ertaga yana besh nafar o‘zbekistonlik bokschi final janglarida ringga chiqadi.
Izoh (0)