Oliy liga. Poytaxt Toshkentning birorta ham klubi zafar qucha olmagan tur yakunlandi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 9-turiga kelib Toshkent shahri klublarining har to‘rtalasi ham 2 ochkodan yo‘qotdi.
Mazkur turni “Bunyodkor” autsayder “Metallurg”ni yenga olmaslik bilan boshlagan bo‘lsa, “Lokomotiv” Namanganda “Navbahor”ni taslim qila olmagandi.
Shanba oqshomida esa “Paxtakor” va “Obod” klublari ham durang o‘ynadi. Mamlakatning eng sovrindor klubi o‘zining sobiq murabbiyi boshqarayotgan Qo‘qon jamoasini yenga olmadi. “Obod” esa o‘z uyida Navoiy klubi bilan durang o‘ynadi.
Qolgan barcha uchrashuvlar mezbon klublarning ishonchli g‘alabasi bilan o‘z yakuniga yetdi.
O‘zbekiston Oliy ligasi 9-tur bellashuvlari 6-may, shanba
“Qo‘qon—1912” — “Paxtakor” 1:1
Gollar: Nosir Otaqo‘ziyev, 5 (1:0). Akbar Ismatullayev, 50 (1:1).
“Obod” — “Qizilqum” 1:1
Gollar: Artur Gevorkyan, 26 (0:1). Shohruz Norxonov, 40 (1:1).
Izoh (0)