Xitoy TIV rasmiy vakili Gen Shuan mamlakat “rasmiy shaxslar dalay-lama bilan aloqalarning istalgan shaklini yuritishlariga qarshi” ekanligini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Dalay-lama oddiy ruhoniy emas, u uzoq vaqtdan beri Xitoyga qarshi ayirmachilik faoliyatini olib bormoqda. Biz davlatlarning dalay-lamani taklif etishi, rasmiy shaxslar esa u bilan aloqalarning har qanday shaklini yuritishiga butunlay qarshimiz”, — deya ta’kidladi Gen Shuan.
Ma’lumot uchun, dalay-lama 1959-yilda Tibet poytaxti Lxasani tark etganidan beri Hindistonning Dxaramsala shahrida yashab keladi. Uning o‘tgan yil noyabrida Mo‘g‘ulistonga tashrif buyurishi Pekinda keskin norozilik uyg‘otgandi.