Avval xabar berganimizdek, 5-may kuni 10:09 da Toshkentda va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida zilzila qayd etildi. UzReport yozishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentda yer osti silkinishlari 3,5—4 ball darajasida sezilgan.
Yevropa—O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi xabar berishicha, zilzila epitsentri Tojikiston hududida taxminan 10 km chuqurlikda joylashgan. Epitsentrda yer qimirlashi magnitudasi 5,9 ga teng bo‘lgan.