Samsung kompaniyasi O‘zbekistonda yangi Gear S3 (Classic) smart-soatlarini sota boshladi, deb xabar berdi “Mobinfo.uz”.
Yangi soat o‘zining klassik dizayni bilan ajralib turgani bilan ilg‘or xususiyatlarga ega. Jumladan, IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan korpus, GPS-modul va doimo faol ekranga ega. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi har qanday ko‘rinishga mos tushishi uchun Gear S3 dizaynini oddiy mexanik soatlarga o‘xshatishga harakat qilgan. Foydalanuvchilar soatning tasmasini istagan boshqa 22 millimetrli universal tasmaga almashtirib, uning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishi mumkin.
Samsung Gear S3 ning texnik tavsifi:
- 1,3 dyuymli va 320x320 pikselli Super AMOLED displey;
- Corning Gorilla Glass SR+ himoya oynasi
- 1,0 gigagersdan ikkita yadroli Exynos 7270 chipseti;
- 768 megabaytli tezkor xotira
- 4 gigabaytli ichki xotira
- 380 mA/soat hajmli akkumulyator
- tashqi o‘lchamlari 49 x 46 x 12,9 millimetr
- og‘irligi 63 gramm
Ro‘yxatda keltirilgan qurilmalarni ko‘rsatilgan narxlarda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.