Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi sayyor qabulda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar Mirishkor tumani hokimligiga tegishli bo‘lgan 1940 ta murojaatning 349 tasi ko‘rib chiqilgan, 21 murojaat ko‘rib chiqilish jarayonida.
Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning atigi 17 tasi amalda ijobiy hal qilingan, 326 murojaat bo‘yicha umumiy mazmundagi tushuntirish xatlari berilgan.
Tahlil natijalarga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 152 tasiga muddati buzilgan holda javob qaytarilgan.