Apple’ning bo‘sh pul mablag‘lari 250 milliard dollardan oshdi. Bu haqda kompaniyaning so‘nggi hisobotida bayon qilingan, deb yozmoqda Insider.
Hozir Apple’ning ixtiyorida 256,8 millird dollar bo‘lib, bu summaga naqd pullar, pul ekvivalentlari va qimmatli qog‘ozlar kiradi.
Bu mablag‘ning 239 milliard dollari AQShdan tashqarida saqlanadi. Apple bu pullarga birdaniga Uber, Time Warner va Sony kabi bir nechta yirik kompaniyani sotib olishi mumkin.