Belarusda Gomel shahrilik Sergey Vostrikovga nisbatan qatl jazosi ijro etildi. U o‘ta vahshiylik bilan zo‘ravonlik va qotilliklar amalga oshirishda aybdor deb topilgan edi, deb xabar beradi Meduza.
Vostrikov 2017-yili respublikada qatl etilgan birinchi mahbus bo‘ldi.
“Vesna” huquqni himoya qiluvchi tashkiloti keltirgan axborotga ko‘ra, Vostrikov 13–29-aprel orasida qatl etilgan.