Amerikalik dizayner Rim Akra narxi 2,1 million dollar turadigan nikoh libosi yaratdi. Bu haqda Luxurylaunches xabar bermoqda.
Mantiyali ko‘ylak an’anaviy oq rangda bo‘lib, umumiy og‘irligi 165 qirot bo‘lgan qimmatbaho toshlar va Tiffany savdo uyi zargarlik buyumlari bilan bezatilgan.
Nashrning aniqlik kiritishicha, ko‘ylak narxi britaniyalik ayollar odatda bunday libos uchun sarflaydigan summadan o‘rtacha 144 barobar ko‘p.