Malayziya huquqni muhofaza qilish organlari mamlakat shimoli-sharqida IShID terrorchilik tashkilotining qurol-yarog‘ omborini topdi. Bu haqda The Star xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Politsiya ekstremistlar terakt amalga oshirish maqsadida yil davomida qurol-yarog‘ zaxirasini oshirib borganligini taxmin qilmoqda.
Omborda beshta yarimavtomat to‘pponcha, pulemyot to‘pponcha va Colt M4 karabini topilganligi ta’kidlanmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)