Suriyada rossiyalik harbiy maslahatchi podpolkovnik Aleksey Buchelnikov hukumat qo‘shinlari bo‘linmalaridan birining jangarilar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Buchelnikov Suriyadagi rossiyalik harbiy maslahatchilar guruhi tarkibida edi. U Suriya armiyasi artilleriya bo‘linmasi shaxsiy tarkibini o‘qitish vazifasini bajargan.
Jangovar tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar chog‘ida bo‘linma jangari snayperlar tomonidan o‘qqa tutilgan. Buchelnikov olgan jarohati tufayli halok bo‘lgan.
Rossiyalik harbiy vafotidan so‘ng davlat mukofoti bilan taqdirlash uchun taqdim etildi.
Aprel oyida Suriyada terrorchilar uch nafar rossiyalik harbiyni halok qilgandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)