9GAG ko‘ngilochar resursi vakillari Ispaniya cho‘lida besh metr balandlikka ega 24 tonnali “hajv monumenti”ni ko‘mib qo‘ydi. Unda ko‘plab mashhur internet memlari o‘yib bitilgan, deb xabar beradi TJournal.
Yodgorlikning aniq koordinatalari oshkor etilmaydi. Bu g‘arazli kimsalar uni topa olmasligi uchun qilinmoqda.
Toshda aks etgan memlar ovoz berish yo‘li bilan tanlandi. Ovoz berishda 650 ming kishi ishtirok etdi.
Loyiha mualliflarining ta’kidlashicha, insoniyat madaniy merosi odatda zerikarli, va shu tosh artefakt yordamida ular avlodlarga ularning bobolari u qadar zerikarli odamlar bo‘lmaganini yetkazmoqchi.
Plitani ko‘mishga jamiyat a’zolari to‘rt kun sarfladi, toshning o‘zi ikki oy tayyorlandi.
9GAG operatsion direktori, bir yil oldin loyihaga kelgan Lilian Leong platforma o‘z rivoji uchun mustaqil ravishda deyarli hech narsa qilmasligidan, faqat foydalanuvchilarga ishonishidan hayratdaligini bildirdi. Shu bois monument ko‘mish bilan nafaqat avlodlarga yodgorlik qoldirishga, balki jamiyat yubileyini nishonlashga ham qaror qilindi.