Qachondir Xitoy aviatarmog‘ida parvoz qilsangiz sizga qahva quyib berayotgan bortkuzatuvchilarga e’tibor qarating. Ularning maftunkor tabassumi va tik qomati ortida ko‘p soatlik murakkab mashg‘ulotlar yotadi.
AdMe Xitoy styuardessalari qanday ta’lim olishi haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishishga qaror qildi.
Suratdagi talabalar Sichuan provinsiyasi Fuqarolik aviatsiyasi kollejida ta’lim oluvchi bo‘lajak bortkuzatuvchilar. Ular tabassumini chiroyli qilish uchun tishlarida yog‘och tayoqchalarni tutib turadi. Boshidagi jurnal esa ular qomatini tik tutishini mashq qildiradi.
Tik qomatni shakllantiruvchi yana bir mashq: qizlar mineral butilkasini boshida uch daqiqa davomida tutib turishi lozim.
Bo‘lajak bortkuzatuvchilar to‘g‘ri turishni o‘rganish uchun tizzalari orasida A4 formatdagi qog‘ozni tutib turishi lozim.
Parvoz etikasi mashg‘ulotlarida reys davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har bir gavda holati ishlab chiqiladi.
Kollej xavfsizlik haqida ham unutmaydi. Bortkuzatuvchilarga kung-fu va taekvondo usullarini o‘rgatuvchi alohida darslar mavjud.
Jang san’ati bo‘yicha ba’zi darslar ochiq havoda o‘tkaziladi. Ular styuardessalar emas, askarlar mashg‘ulotini eslatadi.
Qizlar ochiq havoda to‘siqlarni yengib o‘tish, sovuq qurolga qarshilik ko‘rsatish va zarba kuchini ishlab chiqadi. Bitiruv imtihonida bortkuzatuvchilar bir qo‘li bilan birinchi urinishdan sopol likopchani sindirishi lozim.
Havo kemasi real sharoitlarida jinoyatchini zararsizlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Bu yoqimtoy styuardessalar parvozingiz qulay bo‘lishi uchun uzoq va jiddiy tayyorgarlik jarayonidan o‘tadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!