Eminemning vakillari uning Lose Yourself kompozitsiyasini 2014-yildagi targ‘ibot videorolikida litsenziyasiz ishlatgani uchun Yangi Zelandiya Milliy partiyasi rahbariyatini ayblamoqda, deb xabar beradi TJournal.
Eminemning advokati Geri Uilyams qo‘shiqning qonuniy egasi bo‘lgan Eight-Mile Style kompaniyasi ushbu huquqqa rioya qilinishini juda qattiq nazorat qilgan va natijada Lose Yourself taronasini avvalroq reklama kampaniyalarida deyarli ishlatilmaganini aytdi.
Yangi Zelandiya Milliy partiyasining videolavhasida original qo‘shiq emas, unga o‘xshash aranjirovka yangraydi. Biroq Eminemning advokati ayni holatda original tarona bilan o‘xshashlik mualliflik huquqining buzilishi deb hisoblanishi uchun yetarli ekanini qayd etdi.
“Lose Yourself Eminem musiqaviy katalogidagi tojning qimmatbaho tojidir”, — dedi advokat.
Partiya, o‘z navbatida, barcha ayblovlarni rad etdi.
Mazkur masala bo‘yicha sud jarayoni yana olti kun davom etadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)