AQSh beshta Global Hawk uchuvchisiz uchar qurilmasini Guam orolidagi Andersen aviabazasidan Yaponiyaga ko‘chirishni boshladi. Birinchi qurilmani Tokiodagi Yokota bazasiga yetib kelishini NHK telekanali namoyish etdi, deb yozadi “TASS”.
Ularga xizmat ko‘rsatish uchun yuzdan ortiq amerikalik texnik ham Tokioga keladi. Uchuvchisiz uchar qurilmalar Yaponiyaga vaqtincha — joriy yilning oktabriga qadar joylashtiriladi. Bunday razvedka qurilmalari orqali parvoz operatsiyalarini Guam orolidan amalga oshirish ob-havo sharoitlariga bog‘liq bo‘lganligi tufayli ularni vaqtincha ko‘chirish haqidagi qaror qabul qilindi. Ular Yaponiya hududiga joylashtirilgandan so‘ng qurilmalardan yoz faslida ham foydalanish mumkin.
Yaponiya OAVlari mamlakatga ko‘chirilgan qurilmalar texnik imkoniyatlarini hisobga olib, ular Koreya yarimorolidagi vaziyatni kuzatish vazifasini bajarishini taxmin qilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)