Italiyaning Alitalia aviakompaniyasi direktorlar kengashining rasmiy ma’qullashidan so‘ng bankrotlik jarayonlarini boshlab yubordi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Ushbu qaror xodimlar kompaniyani inqirozdan olib chiqish rejasini rad etganidan so‘ng qabul qilindi. Ushbu rejaga muvofiq, 2 milliard yevro miqdorida rekapitalizatsiya o‘tkazilishi, maoshlar kamaytirilishi hamda 1,5 ming ish o‘rni qisqartirilishi lozim edi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, direktorlar kengashining qarori kompaniya jiddiy iqtisodiy va moliyaviy qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz turganligini ko‘rsatadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!