Kurd ko‘ngillilaridan iborat “Suriya demokratik kuchlari” otryadlari Frot yaqinida joylashgan Tabka shahrining tarixiy markazini IShID terrorchilaridan tortib oldi. Bu haqda SDF qo‘mondonligi vakili Tallal Sillo bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga qaraganda, kurd jangchilari terrorchilarni tarixiy markazdan butunlay urib chiqarib, chekinayotganlarni ta’qib qilishda davom etmoqda.
“Shaharning katta qismi SDF qo‘lida, yollanmalar uning shimoliy yarmida yana ikki nuqtaga ega”, — dedi Sillo.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.