Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyati, Norin tumanidagi Dumar mahallasida yashovchi Muyassar Inomova (ism-shariflar shartli) plastik kartasidagi mablag‘ni naqdlashtirib berishni va’da qilgan shaxs harakatlari yuzasidan ichki ishlar idoralariga murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Anhor.uz”

Foto: “Anhor.uz”

Ma’lum bo‘lishicha, Andijon viloyatining Baliqchi tumanida istiqomat qiluvchi Jo‘rabek Arslanov o‘tgan yilning sentabr oyida M. Inomovaning ishonchiga kirib, plastik kartasidan bo‘lgan 4267000 so‘mni o‘n kun ichida naqdlashtirib berishni va’da qilgan. Biroq hozirgi kunga qadar plastik kartani ham, mablag‘ni ham bermagan.

Tezkor surishtiruv harakatlari natijasida J. Arslanov Norin tumanining Sho‘rariq mahallasida yashovchi Munisa Soatqulovadan ham o‘n kun ichida foizsiz naqdlashtirib berishni aytib, 2722000 so‘m puli bo‘lgan plastik kartasini olib ketgani va shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi aniqlandi.

Ushbu holatlar yuzasidan Norin tuman IIB tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi