Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqara Iroq va Suriyadagi kurd marralariga yana zarba berish imkoniyatini ham o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Turkiya yetakchisi AQShni ham kurdlarga diplomatik va harbiy yordam berishni to‘xtatishga chaqirdi.
“Biz (aviahujumlarni) davom ettirishga majbur bo‘lamiz. Biz kelishimizning sana va vaqtini ma’lum qilmaymiz. Lekin ular Turkiya armiyasi kelishi mumkinligini biladi”, — dedi Erdo‘g‘on.
Izoh (0)