Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston arg‘umog‘i kuni munosabati bilan tashkil etilgan ot poygasida g‘alaba qozonib, Toyota Land Cruiser Prado mashinasini yutib oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ot poygasi 1,2 kilometr masofaga o‘tkazildi. Musobaqa Ashxobod chetidagi Axalteke prezident ot sporti majmuasida bo‘lib o‘tdi. Prezidentdan tashqari, poygada yana olti jokey qatnashdi.
Prezident masofani 1 daqiqa 25 sekundda bosib o‘tib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Mukofot sifatida Berdimuhamedovga Toyota Land Cruiser Prado yo‘ltanlamasi kalitlari topshirildi.
G‘alabadan so‘ng Turkmaniston yetakchisi mashinani bosh vazirning qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Esenmurod O‘rozgeldiyevga topshirdi.
“O‘rozgeldiyev, men bu mukofotni rasman otboqarlarimiz ehtiyojlari uchun taqdim etaman”, — dedi prezident.
Izoh (0)