Suriya qo‘shinlari hamda ko‘ngillilar otryadlari 29-aprel kuni Damashqdan 420 kilometr naridagi Dayr az-Zavr shahriga IShID jangarilari uyushtirgan hujumni qaytardi. Bu haqda, SANA agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, shahar himoyachilari dushmanni al-Makobir va al-Ma’mil tumanlarida to‘xtatib, to‘dalar aholi yashash punktini harbiy aerodrom bilan bog‘laydigan yo‘lni to‘sib qo‘yishining oldini olgan.
To‘qnashuvlar chog‘ida 17 nafar terrorchi o‘ldirilgan. Ulardan ikki nafari dala komandirlaridir.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)